Jahon | 00:07 / 16.11.2018
7263
2 daqiqa o‘qiladi

BMT natsizmning ulug‘lanishiga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi 

Foto: RIA Novosti / Roman Maxmutov

BMTning uchinchi qo‘mitasi bir guruh davlatlar tomonidan taqdim qilingan, natsizmning ulug‘lanishiga qarshi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi. 

Bu hujjatni 130 ta davlat qo‘llab-quvvatlagan, AQSh va Ukraina esa qarshi ovoz bergan, 51 ta davlat betaraflik namoyish qilgan.

Bunday rezolyutsiya 2005 yildan beri qabul qilinadi va oxirgi yillarda unga AQSh va Ukrainagina qarshi ovoz bermoqda.

Loyihaga O‘zbekiston, Jazoir, Angola, Armaniston, Bangladesh, Belarus, Benin, Boliviya, Burkina-Faso, Burundi, Venesuela, Vetnam, Gayana, Gvineya, Zimbabve, Qozog‘iston, Xitoy, Kongo, KXDR, Kot-d'Ivuar, Kuba, Laos, Mali, Myanma, Niger, Nigeriya, Nikaragua, Pokistan, Rossiya, Siriya, Sudan, Tojikiston, Togo, Uganda, MAR, Eritreya, Efiopiya, Janubiy Afrika va Janubiy Sudan mualliflik qilgan. 

AQSh vakili esa o‘z nutqida “natsizm eng yomon dushman”ligini va “amerikalik askarlar unga qarshi o‘zga yerlarda kurash olib borganlarini” ta'kidlab o‘tgan. U qolgan davlatlarni BMT qaroriga qarshi ovoz berishga chaqirgan. Bundan tashqari, amerikalik diplomat rezolyutsiya “so‘z erkinligi uchun” jazolashni taklif qilayotganini aytgan.  

Ukraina vakili ham AQSh vakilining aytganlarini deyarli qaytargan va “rezolyutsiya mualliflari tarixiy dalillar bilan o‘yin qilayotlarganini”  qo‘shimcha qilgan.  

Mavzuga oid