«Bunyodkor» FIFA talabiga ko‘ra jazolandi – «Navbahor» bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubidan 6 ochko olib tashlashni talab qilib, sentabr oyida rasmiy murojaat bilan chiqdi.
Gap shundaki, «qaldirg‘ochlar» ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko oldidagi qarzdorlik masalasini hal qilmagan. Natijada, u «Bunyodkor» ustidan FIFAga arz qilgan. 2014 yilda «Bunyodkor» sharafini himoya qilgan Simonenko atigi 5ta o‘yinda maydonga tushgan, so‘ngra shartnomasi bekor qilingan edi.
FIFA «Bunyodkor» klubini futbolchi bilan to‘liq hisob-kitob qilishga chaqirgan. Ammo toshkentliklar bu talabni bajarishmagan. Shundan so‘ng, tashkilot O‘FAga murojaat qilib, klubdan 6 ochko olib tashlashni talab qilgan.
O‘z navbatida, PFL negadir «Bunyodkor» klubini jazolash va uni 6 ochkodan mahrum qilishni paysalga solib kelgan.
Shundan kelib chiqib, O‘FA Ijro qo‘mitasi Professional futbol ligasini bugun — 16 noyabr kuni qabul qilingan 17-sonli qarori bilan rasman ogohlantirdi hamda «Bunyodkor» futbol klubidan 6 ochko olib tashlashni talab qildi.
Agar «Bunyodkor» klubi 6 ochkodan mahrum qilinsa, u holda jamoaning ochkolari soni 18 bo‘lib qoladi. Bu esa ayni paytda 28 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turgan «Navbahor»ning Superliga yakunlanishiga 2 tur qolganida, muddatidan oldin bronza medallarini qo‘lga kiritganini anglatadi.
Mavzuga oid
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
21:38 / 19.07.2024
«Navbahor» Samvel Babayan o‘rniga yangi bosh murabbiyni e’lon qildi
15:16 / 18.07.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriladi, Ispaniya 3-o‘ringa ko‘tarildi
14:32 / 29.06.2024