Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV: baxtsiz hodisa sabab 2 yoshli qizcha onasidan ayrildi
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 14 noyabr kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yashovchi A.R. o‘zining “Lasetti” rusumli avtomashinasini “Otayurt” MFY hududidan o‘tuvchi 933-km.da haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan M.G‘. boshqaruvidagi “Kamaz-53215” rusumli yuk ko‘tarish avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi, uning 5 nafar yo‘lovchilari (ulardan 2 nafari ona va bola) jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay yo‘lovchilardan biri 2 yoshli qizaloqning onasi O.S. vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025