Nurmagomedovning otasi: Habib Makgregor bilan yana jang o‘tkazishi mumkin, faqat...
UFC yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov aytishicha, Konor Makgregor bilan yana bir jang o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi xabar tarqatdi.
Uning ta'kidlashicha, bu jang boks qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazilsa, qiziqish uyg‘otishi mumkin.
«Konorga qarshi boks qoidalari bo‘yicha jangga keladigan bo‘lsak, unda bunday bahs bizga qiziq ekanini bildirmoqchiman. Habib aralash yakka kurashlardagi eng yaxshi zarba beruvchilarni taslim etishga qodirligini ko‘rsatmoqchi. U ilgari ham bu haqida gapirgan, ammo ko‘pchilik unga ishonmagan. Biroq, Maykl Jonson, Edson Barboza va Konor ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, ishonishni boshlashdi. Nurmagomedov boks ringida ham buni qila oladi.
Habibda boks qoidalariga ko‘ra g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyat bor. Chaqqonligi uning asosiy ko‘nikmalardan biridir», - deya ma'lum qildi u.
Mavzuga oid
00:41
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
19:55 / 01.07.2024