Qirg‘izistonliklar Tojikistonda ro‘yxatdan o‘tmasdan 60 kun yurishlari mumkin bo‘ldi
Qirg‘izistonliklar Tojikistonda ro‘yxatdan o‘tmasdan 60 kun yurishlari mumkin. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston fuqarolarining Tojikistonda bo‘lishlari tartibi to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvni ratifikatsiyasini imzoladi.
Qonun shu yilning 11 oktabrida Jogorku Kenesh tomonidan qabul qilingandi.
Endilikda Qirg‘iziston fuqarolari Tojikistonda ro‘yxatdan o‘tmasdan 60 kun yurishlari mumkin bo‘ldi. Tojikiston fuqarolari uchun ham Qirg‘izistonda xuddi ana shu tartib o‘rnatiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 martdan boshlab Tojikiston fuqarolari uchun kelishuv amal qilishi to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Hujjatga ko‘ra, ikki mamlakat fuqarolari 30 kun davomida davlatlar hududida vizasiz bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
20:44 / 26.09.2024
Sadir Japarov Asqar Akayevning Qirg‘iziston prezidenti lavozimida qilgan uchta asosiy xatosini aytdi
09:55 / 25.09.2024
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
20:32 / 24.09.2024
Qirg‘izistonda Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarish rad etildi
18:49 / 20.09.2024