O‘zbekiston | 20:48 / 19.11.2018
24112
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tarmoqli maktablar paydo bo‘lishi mumkin

Xalq ta'limi tizimida ilk marta tarmoqli boshqaruvdagi maktablar tizimi yaratilishi mumkin. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

«Ayrim hududlarda maktabdagi o‘quvchilar soni belgilangan quvvatdan oshib ketganini kuzatish mumkin. Bu masalani ijobiy hal etishning turli yo‘llari bor. Masalan, koeffitsiyenti oshgan maktablarni o‘rganib chiqilganda, u yerda boshqaruv va ta'lim sifati talabga javob berishi ma'lum bo‘ldi. Ana shundan maktablar atrofida ham boshqa maktablar faoliyat yuritadi, ammo uning koeffitsiyenti past», - deydi vazir o‘rinbosari.

Video: Tas-IX

Video: Youtube.com

Nazirovga ko‘ra, o‘quvchilar soni belgilangan quvvatdan oshib ketgan maktab rahbariyati boshqaruviga hududiy yaqin joylashgan hamda o‘quvchilari oz bo‘lgan maktablar topshirilishi mumkin. 

«Zaruriyat paydo bo‘lsa, o‘sha maktablar birlashtiriladi. Shunday yechim ayni paytda amalda sinab ko‘rilmoqda. Ilk natijalarni ko‘ryapmiz, agar tajriba muvaffaqiyatli davom etsa, boshqa viloyatlarda ham tatbiq etiladi», - deb qo‘shimcha qilgan u. 

Otabek Nazirov respublika bo‘ylab uy-joylarning qurilishi jadal davom etayotgan bir pallada, yangi paydo bo‘layotgan aholi yashash punktlari talabiga mos maktablar qurilmayotganini ta'kidlab o‘tdi. Shu tufayli kelgusida uy-joy qurilishi bilan bir vaqtda, aholi soniga mos maktablarni barpo etish zaruriyatga aylangani bildirildi.  

Ma'lumot uchun, Xalq ta'limi tizimida 9628ta maktab bo‘lib, ularda 5,248,484 nafar o‘quvchi tahsil oladi.

Mavzuga oid