Jahon | 19:49 / 21.11.2018
7395
2 daqiqa o‘qiladi

BAAda britaniyalik talaba josuslik uchun umrbod qamoq jazosiga tortildi

Foto: RIA Novosti / Yuriy Abramochkin

Abu-Dabi apellyatsiya sudi avvalroq Dubayda qo‘lga olingan britaniyalik talaba Metyu Xejyesni josuslik qilish ayblovi bilan umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda “Al-Bayon” nashri ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, talaba BAAga qarshi josuslik qilishda va xorijga xavfsizlik sohasi bilan bog‘liq razvedka ma'lumotini berishda aybdor deb topilgan. 

Sud, shuningdek, undan tortib olingan barcha elektron qurilmalar, materiallarni musodara qilishni buyurgan. Qonunga ko‘ra, sudlanuvchi hukm yuzasidan BAA oliy federal sudiga 30 kun ichida shikoyat qilishi mumkin.

Darem universitetining 31 yoshli aspiranti Metyu Xejyes Dubay aeroportida 5 may kuni qo‘lga olingan. U “arab bahori” haqida dissertatsiya yozish bahonasi ostida Buyuk Britaniya hukumati uchun ma'lumot to‘plagan.

Politsiyaga britaniyalik haqida amirliklar fuqarosi xabar bergan. Ta'kidlanishicha, Xejyes undan maxfiy axborotni bilib olmoqchi bo‘lgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid