Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada o‘zbekistonlik ayol o‘ldirildi
Turkiya fuqarosi bo‘lgan keksa yoshli erkak Batumida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayolni o‘ldirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda «Novosti-Gruzii» xabar berdi.
Jinoyat bugun tunda Batumi markazidagi mehmonxonalardan birida joylashgan Princess kazinosida ro‘y berdi.
Tergovning aniqlashicha, 57 yoshli gumonlanuvchi rashk tufayli O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan ikki ayolga qo‘lida sovuq qurol bilan tashlangan. U 38 yoshli va 31 yoshli ayollarga jarohat yetkazdi.
O‘zbekistonlik 31 yoshli ayol voqea joyida tez tibbiy yordam yetib kelishiga qadar vafot etdi. 38 yoshli ayol esa, Batumidagi klinikalardan biriga olib ketildi, uning ahvoli barqaror og‘ir darajada.
Ayblanuvchi voqea joyida qo‘lga olindi. «Qasddan odam o‘ldirish» moddasi bo‘yicha tergov davom etyapti, bu shaxs 7 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025