Jamiyat | 12:25 / 28.11.2018
7254
1 daqiqa o‘qiladi

«Malibu» olib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida shu yil 27 noyabr kuni Toshkent shahar IIBBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 15 yanvar kuni Chilonzor tumanida yashovchi “Toshkent avto agent” MChJ rahbari, M.A. Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan ish joyida Shayxontohur tumanida yashovchi F.H.ga “Malibu” rusumli avtomashina olib berishini va'da qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs undan 102 mln. so‘m pulini olib, bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. M.A. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid