Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi bog‘chada yuz bergan yong‘in sababi aniqlandi
Joriy yilning 27 noyabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashovchi L.Yu. (ayol) tomonidan ijaraga olingan, hozirda “Fortuna Child” nomli xususiy bolalar bog‘chasida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida bog‘chaning 2-qavatiga o‘rnatilgan konditsioner va uning atrofida 5 kv.m. maydonida devor qog‘oz qoplamasi yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.
Yong‘in 2-qavatga o‘rnatilgan konditsionerni yoqib qarovsiz qoldirilishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi bog‘chada yong‘in yuz bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
11:16 / 24.05.2025