MI6 rahbari Rossiyaga chaqiriq bilan chiqmoqchi
MI6 direktori Aleks Yanger Rossiyani Buyuk Britaniyaga «kam baho berishni» to‘xtatishga chaqirmoqchi. Bu haqda The Telegraph xizmat rahbarining nutqiga asosan xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Yanger Moskvani Londonning qat'iyati va imkoniyatlariga «past nazar bilan qarashni» to‘xtatishga chaqirish niyatida.
Ta'kidlanishicha, MI6 direktori Brexit arafasida Britaniya va uning ittifoqchilari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashning muhimligi haqida ham gapiradi.
Shu bilan birga, Yanger ushbu nutq bilan 3 dekabr kuni Shotlandiyaning Sent-Endryus universiteti talabalari oldida chiqish qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya bosh shtabi boshlig‘i «Rossiya tahdidi» haqida gapirgandi.
Buyuk Britaniya bosh shtabi boshlig‘i general Mark Karlton-Smitning ma'lum qilishicha, Rossiya London uchun IShID terrorchilik guruhidan ham ko‘proq xavf tug‘diradi.
Mavzuga oid
17:03
Putin Qozog‘istonga borib, To‘qayev bilan uchrashdi – asosiy kelishuvlar haqida
16:29
Uzoq kutilgan huquqmi yoki qaltis yo‘l? Britaniyadagilar evtanaziya masalasida bahslashmoqda
16:08
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi - Putin
13:10