Jahon | 08:19 / 03.12.2018
9693
1 daqiqa o‘qiladi

Tilshunoslar o‘lik tilda film suratga olishdi

Foto: Kembrij universiteti

Kembrij universitetining tilshunoslari o‘lik til - bobil tilida film suratga olishdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar yo‘q bo‘lib ketgan tilni ushbu loyiha uchun tovushlarigacha tiklashgan.

Ta'kidlanishicha, kartina «Nippurdan qashshoq odam» deb nomlanadi.

20 daqiqalik qisqa metrajli filmda shahar meridan qasos olishga qaror qilgan yosh yigitning hayoti hikoya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yilning eng yaxshi filmi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid