O‘zbekiston | 07:57 / 11.04.2023
5060
1 daqiqa o‘qiladi

Parijda O‘zbekistonda suratga olingan tarixiy ovozsiz filmlar namoyish etildi

Parijdagi Arab dunyosi institutida «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari» ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy dastur doirasida O‘zbekistonda suratga  olingan «Moxov» (1928) va «Burilish: uning huquqi» (1931) nomli ovozsiz filmlar namoyishi hamda konsert dasturi bo‘lib o‘tdi, deb  xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Filmlar namoyishini Respublika kinofondi direktori Eljon Abbosov va kinoshunos, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining «Kino va televideniye» bo‘limi mudiri, san’atshunoslik fanlari doktori Nigora Karimova taqdim etdi. Madaniy-ma’rifiy kechada Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti Abror Zufarov rahbarligidagi musiqiy jamoa o‘z  dasturi bilan chiqish qildi.

100 dan ziyod Fransiyaning taniqli kinoshunos va musiqa san’ati ixlosmandlari  ishtirok etgan tadbir  fransuz jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Madaniy dastur O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazildi. 

Tadbir qatnashuvchilari O‘zbekistonda kinematografiya sohasi boy tarixga ega ekanini e’tirof etishdi.

Mavzuga oid