Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryolik yigit SMS-xabardagi «terrorist» so‘zi uchun qo‘lga olindi
Chiroqchi tumanida yashovchi T.Y. tanishi orqali telefoniga Paynet'dan pul tashlattiradi, deb xabar qildi «Qashqadaryo» gazetasi.
Shu bilan birga, javob SMS kelmaydi. Shundan so‘ng, u uyali aloqa kompaniyasi operator raqamiga: "Shu raqamni tekshirib bering", "Telefon qiling, savolim bor", "Javob bering", "Pul tushmayapti, nimaga ulangan bo‘lsa o‘chirib beringlar", degan mazmunda xabarlar yozadi.
Operator abonent so‘rovlariga javob qaytarmaydi. Bundan jahli chiqqan T.Y. aloqa kompaniyasi e'tiborini tortishning boshqa yo‘lini topadi. U operatorga: "Yordam. Terroristlar qo‘lidaman", deb SMS jo‘natadi.

Qiziq holat, bu xabarga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari e'tibor qaratadi.
Gazeta muxbirlarining qayd etishicha, yigit qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025