Jahon | 21:52 / 07.12.2018
11763
2 daqiqa o‘qiladi

Litva Kerch bo‘g‘ozidagi voqeaga norozilik sifatida Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi

Foto: REUTERS / Valentyn Ogirenko

Litva Kerch bo‘g‘ozida Ukrainaning uchta harbiy kemasi va ularning ekipajlari qo‘lga olinganiga qarshi norozilik sifatida Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda Litva prezidenti Dalya Gribauskayte ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko bilan uchrashuvda aytib o‘tdi. 

“Xalqaro tashkilotlar Rossiya harakatlariga qarshi hech qanday sanksiyalar kiritmaganini bilamiz, biroq biz Kerch bo‘g‘ozidagi hujumga qarshi norozilik sifatida sanksiyalar kiritdik”, deb aytgan Gribauskayte.

Litva prezidenti birinchi bo‘lib sanksiyalar kiritish osonmasligini ta'kidlab o‘tgan. 

“Misol uchun biz, aniqrog‘i mening vazirlarim, Litva tashqi ishlar vaziri Rossiyadan tahdidlar olmoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Gribauskayte. 

Biroq Litva prezidenti qanday sanksiyalar kiritilgani va litvalik vazirlar qanday turdagi tahdidlar olishganiga oydinlik kiritmagan.

Bryusseldagi manbaning ta'kidlashicha, Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari, jumladan Fransiya va Germaniya Rossiyaga Kerch bo‘g‘ozidagi voqea bilan bog‘liq holda yangi sanksiyalar kiritish mavridi emas, degan qarorga kelgan. 

Mavzuga oid