Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Chingiz Aytmatov haykali ochildi
Moskvada sobiq ittifoq va Qirg‘izistonning atoqli yozuvchisi Chingiz Aytmatovga o‘rnatilgan haykal ochildi.
Haykalni ochish marosimi 7 dekabrda Aytmatov nomidagi xiyobonda bo‘lib o‘tgan. Haykal yozuvchining 90 yillik tavalludiga bag‘ishlab ochilgan.
Ma'lum qilinishicha, haykal Qirg‘iziston madaniyat, axborot va turizm mablag‘lari evaziga o‘rnatilgan. Marosimga Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov tashrif buyurgan.
“Bugun juda ahamiyatli kun – yozuvchi Chingiz Aytmatovga atalib ajoyib san'at asari yaratildi. Barchani bu hodisa bilan chin ko‘ngildan tabriklayman va butun xalqimiz nomidan haykalni yaratish va o‘rnatishda ishtirok etgan barchaga minnatdorlik so‘zlarini aytib qolaman”, deb aytgan Jeenbekov.
Chingiz Aytmatov rus va qirg‘iz tillaridagi o‘nlab asarlar muallifi. Yozuvchining tavallud kuni 12 dekabrda nishonlanadi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025