Qo‘shiqchi Lev Leshenko konsertdan shifoxonaga olib ketildi
Rossiyalik taniqli qo‘shiqchi Lev Leshenko Moskvadagi “Mir” konsert zalidan shifoxonaga olib ketildi. Kontsertda ishtirok etishi kerak bo‘lgan qo‘shiqchi o‘zini sahna ortida yomon his qila boshlagach, unga tez yordam chaqirtirilgan.
76 yoshli artist 8 dekabrda o‘tgan “Tinchlik uchun” (Na blago mira) Butunrossiya tanlovi finalida ishtirok etishi kerak bo‘lgan. Artistga qanday tashxis qo‘yilgani hozircha noma'lum.
Ma'lum qilinishicha, Leshenko 2014 yilda ham sahnadan to‘g‘ri shifoxonaga olib ketilgan. Isroilda unga umurtqaning bo‘yin qismi churrasi tashxisi qo‘yilib, operatsiya qilingan. Uning churrasi olib tashlanib, bo‘yin qismiga titan va nikeldan implant qo‘yilgan.
Leshenko 1 dekabrda “Yil qo‘shig‘i” festivalida ishtirok etgan. O‘shanda u oxirgi kunlar tig‘iz jadvalga egaligini, bir nechta shaharlarda chiqishi kerakligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
22:17 / 04.10.2024
Konsertlarning ssenariylarini oldindan tekshirish tartibi joriy etilishi mumkin
22:43 / 03.07.2023
Vazir o‘rinbosari Z-artistlarning konsertlari haqida: “O‘zbekistonda san’atga to‘siq yo‘q”
17:15 / 12.04.2023
Toshkentda konsert o‘tkazilishi tufayli ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi
10:22 / 01.02.2023