Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi ustaxonada yong‘in, bir kishi halok bo‘ldi
Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 10 dekabr kuni Mustaqil yurt ko‘chasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida ustaxonaning 30 kv.m. maydonida tom qismi, ustaxona jihozlari va Ulug‘nor tumanida yashovchi A.N.ga tegishli “Damas” avtomashinasi yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida shu ustaxona ishchisi, Baliqchi tumanida yashagan P.S.ning kuygan holdagi jasadi topilgan va Do‘ngsaroy M.F.Y. da yashovchi ustaxona ishchisi B.N. kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.
Yong‘in avtomashinaning gaz ballonida payvandlash ishlari olib borilayotgan vaqtda alanga hosil bo‘lishidan kelib chiqqanligi aniqlangan.
Mavzuga oid
16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident
13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi
17:09 / 25.01.2025