Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
Andijon viloyatini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududlardan birida savdo va sanoat zonalarini tashkil etish zarurligini aytdi. Shuningdek, u «Do‘stlik» postida tirbandliklar ko‘pligidan aholi va tashuvchilarning noroziligini ta’kidladi.
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada savdo va sanoat zonalarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 16 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini har tomonlama rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Har yili Andijondan Qirg‘izistonga 200 million dollarlik eksport amalga oshirilmoqda.
Qo‘rg‘ontepa va Xo‘jaobodda ham xuddi Afg‘oniston chegarasidagi kabi erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan maslahatlashgan holda ushbu ikkita hududdan bittasini tanlab, master-reja ishlab chiqish topshirildi.
Xo‘jaoboddagi «Do‘stlik» postidagi katta tirbandlikdan aholi ham, tashuvchilar ham norozi ekaniga e’tibor qaratildi. Mas’ul vazirlik va idoralar oldiga tirbandlik sababini o‘rganib, tez fursatda buning yechimi bo‘yicha taklif berish vazifasi qo‘yildi.
«O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temiryo‘lini qurish bo‘yicha yirik loyiha ishga tushishi natijasida tashish muddati 1 haftaga, masofasi 1 ming kilometrga qisqaradi, yuk tashish 10 barobar oshadi.
«Lekin, ichki temiryo‘l tarmoqlarimiz, bojxona punktlari, stansiyalar bu yukni qabul qilish va o‘tkazishga qanchalik tayyor?» – deya savol qo‘ydi davlat rahbari.
Mutasaddilarga bu boradagi hisob-kitoblarni qilib, amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025