O‘zbekiston | 15:17 / 11.12.2018
5958
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro mehnat tashkiloti rahbari O‘zbekistonga kelmoqda

Foto: Flickr

2018 yil 13 dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Gay Rayder boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

XMT delegatsiyasining tashrifi dasturidan hukumat, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Bosh direktor Gay Rayder Toshkentda «Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida munosib bandlikni ta'minlash: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi» mavzusidagi xalqaro konferensiyasida ham ishtirok etadi.

Mavzuga oid