Sport | 10:48 / 13.12.2018
9702
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» ikki marta autsayderga yutqazib, guruh g‘olibi nomiga «dog‘ tushirdi»

Foto: SID

«Real» Chempionlar ligasi guruh bosqichini «G» kvarteti g‘olibi sifatida yakunlagan bo‘lsa-da, so‘nggi o‘rindagi TsSKA bilan ikkala bahsni ham boy berdi.

Moskvadagi dastlabki o‘yin ruslarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan, yagona gol 90+5-daqiqada Igor Akinfeyev tomonidan urilgan edi. Kecha oqshom Madridda o‘tgan javob bahsida ham pley-off yo‘llanmasini hal qilib ulgurgan «qaymoqranglilar» mag‘lubiyatga uchradi, bu safar yirik hisobda – 0:3.

Rus matbuotining ma'lum qilishicha, YeChL tarixida ilk marta guruhda so‘nggi o‘rinni olgan jamoa to‘rtlik yetakchisini har ikkala o‘yinda ham mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.

Kechagi bahs statistikasiga ko‘ra, zarbalar (18 – 13), to‘p uzatishlarning aniqligi (92% – 81%) vaziyatlar yaratish (13 – 11) va to‘pga egalik qilish (69% - 31%) bo‘yicha ustunlik mezbonlar tomonida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning YeChLdagi ikkinchi vakili - «Lokomotiv» ham o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid