Jamiyat | 16:20 / 13.12.2018
5635
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avtomashina bahonasida 60 mln so‘mga aldab ketgan shaxs ushlandi

Shu yilning 12 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yilning 18 avgust kuni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi X.Sh. M.Gandi ko‘chasida yashovchi P.M.ning uyida “Neksiya” rusumli avtomashinani 79 mln so‘mga baholagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs undan 60 mln so‘m pulini olgan va X.Sh. sentabr oyida ushbu avtomashinani P.M.ning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

X.Sh. qo‘lga olingan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid