Ukraina o‘zining mustaqil pravoslav cherkovini tashkil etdi

Foto: Ukraina Prezidenti matbuot xizmati
Ukraina o‘zining mustaqil pravoslav cherkovini tashkil etdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko e'lon qildi.
“Bu (Vladimir) Putinsiz cherkov. Bu (patriarx) Kirillsiz cherkov. Bu ukrainaliklarni o‘ldirayotgan Rossiya hukumati va Rossiya qo‘shinlari uchun duo qilinmaydigan cherkov. Ammo bu cherkov Xudo va Ukraina bilan!”, deya Poroshenkoning so‘zlaridan iqtibos keltirdi “112” telekanali.
39 yoshli mitropolit Yepifaniy cherkov rahbari etib saylandi hamda Kiyev va butun Ukraina mitropoliti maqomini oldi.
Rossiya pravoslav cherkovi Ukrainada Moskvadan mustaqil cherkov tashkil etilishiga qarshi chiqib kelayotgandi.
Mavzuga oid

18:03
«Bu bizning urush emas» - Agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlik o‘rnatish urinishlarini to‘xtatadi

17:34
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

14:29
Tramp: «Zelenskiyni urushda ayblamayman»

13:46