Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mey Brexit bo‘yicha yangi referendum o‘tkazish imkoniyatini baholadi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning fikricha, Brexit bo‘yicha yangi referendum Britaniya hukumati siyosatiga juda jiddiy zarar keltiradi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu haqda Meyning Britaniya parlamenti jamoatlar palatasidagi rejalashtirilgan ma'ruzasi matnida aytiladi.
Uning fikricha, ikkinchi referendum saylovchilar ko‘z o‘ngida hukumatning «demokratiyani amalga oshirish» imkoniyatini so‘roq ostida qoldiradi.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Brexit bo‘yicha yangi plebissit «Britaniyani yanada jiddiy ravishda bo‘lib yuboradi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq leyboristlar yetakchisi Mey hukumatidagi «xaos» haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
08:53 / 01.12.2022
Brexit: Bryussel Londonga bosim o‘tkazishning yangi vositalariga ega bo‘ladi
14:37 / 04.01.2022
Brexit’ga bir yil to‘ldi: Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etib yutdimi yo yutqazdi?
22:11 / 30.12.2021