5 kunda 3 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi
Joriy yilning 10 dekabrdan 14 dekabrgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJda 814,5 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Bu esa o‘tgan haftadagi natijadan 15,7%ga ortiq.
O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 695ta avtomobil raqami sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,0 milliard so‘mdan oshdi.
Savdolar natijasida bitimlarning qariyb 23% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50% ikkinchi va 27% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 19%ga teng. Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyatining avtohavaskorlari 12% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Samarqand viloyatining avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 11%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 58%ga teng.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 3 dekabrdan 7 dekabrgacha bo‘lgan davrda 2,6 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotilgandi.
Mavzuga oid
18:27 / 09.09.2024
«Auksion o‘yinlari» orqali Bo‘stonliqdan yer olib berish uchun 1,5 million dollar talab qilgan fuqaro ushlandi
08:51 / 24.04.2024
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
07:22 / 08.04.2024
Toshkentda davlat raqami belgisini yechib harakatlangan Spark haydovchisi aniqlandi
10:29 / 27.10.2023