O‘zbekiston | 14:00 / 18.12.2018
28916
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikadagi hayot, O‘zbekistondagi islohotlar va zamonaviy jurnalistika haqida. Navbahor Imomova bilan suhbat

Amerika Ovozi xalqaro teleradio tizimi muxbiri Navbahor Imomova Kun.uz tahririyati mehmoni bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Sayt muxbiri O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan yagona amerikalik jurnalistga savollar bilan murojaat qildi. Suhbat Amerikadagi turmush, zamonaviy jurnalistika va axborot xavfsizligi kabi turli mavzular atrofida kechdi.

«Hozirgi xulosam shundan iboratki, aslida O‘zbekistonda islohotlar boshlanganiga ikki yil bo‘lgani yo‘q. O‘zbekistonda rahbar o‘zgarganiga ikki yil bo‘ldi, lekin real islohot boshlanganiga balki bir yil bo‘lgandir. Tashqi siyosatda esa 2017 yilning sentabr oyidan o‘zgarishlar bo‘layotgani sezilgan. O‘shanda Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, o‘zining asosiy maqsadlarini tushuntira oldi», - deydi Navbahor Imomova.

«Albatta, O‘zbekiston hukumatidan ko‘p narsa kutilyapti. Hukumat qattiq bosim ostida. Tashqi munosabatlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ular xohlayotgan barcha ishlar ham amalga oshavermayapti. Investitsiyalar kutilgan miqdorda kirib kelmayapti.

Tashqi dunyo esa bo‘layotgan islohotlarning qanchalik real ekanligini kuzatmoqda. O‘zbekiston ham o‘z maqsadlarini oldingiga qaraganda yaxshiroq tushuntira olyapti, lekin dunyo bilan axborot almashish, bog‘lanish bobida oqsamoqda. O‘zbekistondagi islohotlar jarayonini tushuntirib beruvchi informatsion siyosat hali shakllanmagan», – deydi jurnalist.

Navbahor Imomova bilan suhbatning to‘liq shaklini YouTube va Mover`dagi sahifalarimizda tomosha qilishingiz mumkin.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Mavzuga oid