Jahon | 10:59 / 19.12.2018
27571
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning eng badavlat mashhur kishilari reytingi e'lon qilindi

Forbes nashri AQShning eng badavlat mashhur kishilari reytingini tuzdi. 2017 yildagi kabi joriy yil uchun reytingda eng yuqori o‘rinni 5,4 mlrd dollarlik boylik bilan rejissyor Jorj Lukas egalladi.

Jorj Lukas
Foto: Getty Images

Reytingning 2- va 3-o‘rinlarini rejissyor Stiven Spilberg (3,7 mlrd dollar) va teleboshlovchi Opra Uinfri (2,8 mlrd dollar) o‘zlarida saqlab qolishgan.  

Stiven Spilberg
Foto: Getty Images
Opra Uinfri
Foto: AP

4-o‘rinni sobiq basketbolchi va aktyor Maykl Jordan egallagan. Uning boyligi o‘tgan yilga nisbatan 300 mln dollarga ko‘payib, 1,7 mlrd dollarga yetgan. Eng badavlat mashhur kishilar beshtaligini “Kardashyan oilasi” teleshousi ishtirokchisi Kayli Jyenner yakunlamoqda. Uning boyligi 900 mln dollarni tashkil qilmoqda.  

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan rep ijrochilar Diddi va Jyey-Zi, ko‘zboylovchi Devid Kopperfild, golfchi Tayger Vuds va yozuvchi Jyeyms Patterson joy olgan.

Reytingning barcha ishtirokchilarining umumiy boyligi 18,7 mlrd dollarga baholangan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid