Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zavtosanoat»: Jizzaxda avtozavod qurish loyihasi konsepsiyasi o‘zgartiriladi
“O‘zavtosanoat” AJ va PSA Groupe kompaniyasi o‘rtasidagi qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq Jizzax viloyatida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
AJ xabariga ko‘ra, loyiha yo‘lovchilar va yuklarni tashishga mo‘ljallangan ikki turdagi yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi.
Qayd etilishicha, hozirda obektda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetmoqda. Texnologik va muhandislik jihozlari yetkazib berilishi bo‘yicha tegishli kontraktlar tuzilgan.
Shu bilan birga, boshlang‘ich ma’lumotlardagi ba’zi ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlar munosabati bilan, sheriklar loyiha konsepsiyasini o‘zgartirish va iqtisodiy parametrlarni optimallashtirish ustida hamkorlikda ishlamoqdalar, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, loyihaning kelgusi borishi haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston avtosanoati yirik investorni jalb qilgani, u O‘zbekistonga mintaqaviy raqobatchi bo‘lmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
16:09 / 15.05.2025