Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaning barcha yirik aeroportlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Germaniya federal politsiyasi mamlakatning barcha 14 ta yirik aeroportida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Bu haqda 20 dekabrda Bild nashri ma'lum qildi.
Nashr shu kuni avvalroq 3 noma'lum kishi Shtutgart aeroporti ortidan muntazam kuzatuv olib borgani sababli aeroportda xavfsizlik choralari kuchaytirilganini ma'lum qilgan. Kuzatuv olib borilayotgani videokuzatuv kameralari tahlil qilingandan keyin ma'lum bo‘lgan. Aeroportga radikallar tomonidan xavf solinayotgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan. 19 dekabrdan boshlab politsiya xodimlari aeroportni qattiq nazorat qilishmoqda, ularning soni esa ancha oshirilgan.
Ma'lum qilinishicha, keyinroq xavfsizlikni kuchaytirish zarurligi haqidagi ogohlantirishni barcha yirik aeroportlar olgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025