O‘zbekiston | 17:00 / 20.12.2018
16044
2 daqiqa o‘qiladi

Jurnalist uchun haqiqat tushunchasi nima?

Amerika ovozi jurnalisti Navbahor Imomova Kun.uz muxbiri bilan o‘tgan suhbatda o‘zi uchun haqiqat tushunchasi nimani anglatishi haqida so‘zlab berdi. 

«Men uchun haqiqat o‘zim ko‘rgan, tushungan, bilgan, tahlil qila oladigan va imkoni boricha, tekshira olib ishonch hosil qilgan manzara. Rabindranath Tagorning shunday so‘zlari bor: «Hammaning o‘z haqiqati bor, lekin fakt bitta». Shuning uchun ham haqiqat biz ko‘rgan, biz o‘zimiz isbotlay oladigan, o‘zimiz chin dildan, vijdonan ishona oladigan narsa. Masalan, biror oq narsani ko‘rib turib, uni qora deya olmaslik, shu – haqiqat. Bu oddiy javobdek tuyulishi mumkin, lekin uni tushunish, uni bilish juda ham qiyin.

Misol uchun, menga hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi haqiqat nima? O‘zbekiston o‘zgaryapti. Bu haqiqat. Bunga har kuni guvohman. Odamlar bilan muloqotdan guvohman, ularning hukumatga nisbatan munosabati o‘zgarib boryapti. Xalqning jurnalistlarga nisbatan munosabati o‘zgarmoqda. Mana bu, mening nazarimda, haqiqat.

Faktlarga o‘tsak, O‘zbekiston iqtisodiyoti hali og‘ir ahvolda. O‘zbekistonning qo‘shnilari bilan kelishadigan mavzulari ko‘p. To‘g‘ri, aloqalar yaxshilandi, lekin oldinda hali hal qilinadigan masalalar ko‘p. Muammolar talay», deydi jurnalist.

Navbahor Imomova bilan intervyuning to‘liq shaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover kanallarida tomosha qilishingiz mumkin.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Mavzuga oid