Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Yer kodeksi qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekistonda Yer kodeksi qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturida aytilgan.
Dastur bilan yangi tahrirdagi Yer kodeksi ishlab chiqiladi. Yer kodeksini qayta ko‘rib chiqib, uning normalarini amalga oshirilayotgan islohotlarning bugungi kun talablariga muvofiqlashtirish orqali:
iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlarida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlar joriy etish;
iqtisodiyotning barqarorligini ta'minlash, uning rivojlanishida tadbirkorlik sub'yektlarning o‘rnini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;
yer uchastkalarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish;
yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirish tamoyillarini mustahkamlash;
aholi tomonidan foydalanib kelinayotgan yer uchastkalarining o‘rnatilgan miqdordan ortiq maydonlarining huquqiy munosabatlarini belgilash imkonini beradi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar - “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil sentabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil oktabr.
Mavzuga oid
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:49 / 20.06.2024