Sport | 10:17 / 28.12.2018
7632
2 daqiqa o‘qiladi

Modrich yana bir shaxsiy sovrin sohibiga aylandi

Foto: CROPIX

Xorvatiya terma jamoasi Luka Modrich yana bir individual sovrin egasiga aylandi. U «Bolqonda yilning eng yaxshi sportchisi» deb tan olindi.

Mukofot uchun so‘rovnoma Bolgariyaning «Sportske Novosti» agentligi tomonidan tashkil etildi va unda yarimorolda joylashgan 10ta mamlakat milliy axborot agentliklari ovoz berishdi. So‘rovnoma yakuniga ko‘ra, Luka asosiy raqobatchisi, shu sovrinni 2011-2015 yillarda ketma-ket qo‘lga kiritgan serbiyalik tennischi Novak Jokovichni 75 ballga ortda qoldirdi.

Foto: CROPIX

«Real»ning 33 yoshli a'zosi Bolqon yarimorolida yil sportchisi deb topilgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Bundan avval «Barselona»ning sobiq bolgariyalik a'zosi Xristo Stoichkov 1994 yilda ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Modrich bu yil UYeFA tomonidan Yevropada 2017/18 mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi, FIFAning «Yil futbolchisi» va France Football tasnifidagi «Oltin to‘p» mukofotlarini qo‘lga kiritdi.

Foto: CROPIX

Mavzuga oid