O‘zbekiston | 23:50 / 30.12.2018
31538
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi rahbariyati yangilandi

30 dekabr kuni Farg‘ona viloyat davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlangan. Mazkur lavozimda endi Yunusjon Nasimjanov ish olib boradi, deya xabar beradi boshqarma axborot xizmati. 

Yunusjon Nasimjanov

Yu.Nasimjanov 1967 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1991 yili Toshkent davlat texnika universitetini, 1997 yili Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi. 

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1993 yilda Toshkent shahar Sirg‘ali tumani davlat soliq inspeksiyasida Davlat korxonalariga soliq solish bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasida turli rahbar lavozimlarida ishlagan. 

Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangunga qadar esa Davlat soliq qo‘mitasi Resurs soliqlari boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi. 

Naim Kabirov

Shuningdek, Naim Kabirov Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

N.Kabirov 1969 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent davlat universitetini, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi. 

U sohadagi mehnat foliyatini 1993 yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Hozirga qadar Toshkent viloyatidagi davlat soliq inspeksiyalarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

N.Kabirov Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Bekobod shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan. 

Mavzuga oid