Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saloh APLning eng samarador futbolchisiga aylanib oldi
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Angliya chempionatining 20-turida «Arsenal»ga qarshi kechgan va 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda bir gol urdi va bir golga uzatma berdi.
Endilikda Saloh Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida «gol+pas» tizimida 20 ochko to‘plagan birinchi futbolchiga aylandi. Misrlik hujumchi APL o‘yinlarida 13 gol urgan va 7 golga uzatma bergan. Uning eng yaqin ta'qibchisi «Chelsi» hujumchisi Eden Azar bo‘lib, u 19 ochko to‘plagan (10+9).
Bundan tashqari, Saloh Angliya chempionati to‘purarlari ro‘yxatida Per-Emerik Obameyang va Harri Keyn kabi 13tadan gol bilan peshqadamlik qilmoqda.
Ayni vaqtda 26 yoshda bo‘lgan Saloh APLning o‘tgan mavsumida 36 o‘yinda 32 gol urib, eng yaxshi to‘purar bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:12 / 27.04.2025
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
14:29 / 11.04.2025
«Liverpul» Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirdi
13:53 / 29.08.2024