Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tinch okeanida kemadagi yong‘in oqibatida 4 dengizchi halok bo‘ldi
Tinch okeanida avtomobillar tashuvchi kemada chiqqan yong‘in oqibatida 4 dengizchi halok bo‘ldi va bir nafari bedarak yo‘qoldi. Ta'kidlanishicha, kema yonishda davom etmoqda. Bu haqda Seatrade Maritime News nashri xabar qildi.
Yaponiyadan Gavayi orollariga yo‘l olayotgan, Panama bayrog‘i ostida suzuvchi Sincerity Ace kemasida 1 yanvarda Gavayining Oaxu orolidan 3,5 ming kilometr uzoqlikda yong‘in chiqqan. 200 metrlik kemaning ekipaji 21 kishidan iborat bo‘lgan.
Falokat joyiga 5 ta tijoriy kema va AQSh sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati samolyoti yo‘l olgan. Ular 16 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan. Qutqaruvchilar signallarga javob bermagan yana 4 dengizchini aniqlashgan. Ularning halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan bir kishining qidirilishi to‘xtatilgan.
Kemaning o‘zi yonishda davom etmoqda. Uning yaponiyalik egasi halok bo‘lgan dengizchilarning jasadini olib ketish uchun bir necha kundan keyin voqea joyiga yetib boradigan bir necha shatakchi kemani ijaraga olgan.
Mavzuga oid
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi
17:01 / 19.04.2025
Kongoda kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi
12:22 / 17.04.2025