Iqtisodiyot | 12:20 / 04.01.2019
53651
2 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi paxta yog‘i narxini «qo‘yib yuborish» taklifi bilan chiqdi

Foto: Sergey Venyavskiy

Moliya vazirligi paxta yog‘i, shulxa va paxta chigiti shroti narxini «qo‘yib yuborish» taklifi bilan chiqdi. Bu vazirlik tomonidan e'lon qilingan loyihada ko‘rsatilgan.

Bahorda ijtimoiy ahamiyatga molik va strategik toifadagi tovarlar va xizmatlar ro‘yxati tasdiqlangandi, ular narxi hamda tariflari davlat tomonidan tartibga solinadi. Mahsulotlar orasida un, benzin, etil spirti, mineral o‘g‘itlar va boshqalar bor.

Moliya vazirligi ushbu ro‘yxatdan ikkita bandni chiqarib tashlashni taklif qilmoqda:

1. Aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotiladigan paxta moyi.
2. Shulxa va paxta chigiti shroti.

Loyiha bilan batafsil tanishish, taklif hamda izohlarni 14 yanvargacha taqdim etish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan paxta yog‘i uchun aksiz solig‘i undirilmasligi xabar berilgandi.

Mavzuga oid