Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayxunobodda temir vagonda yong‘in yuz berdi, bir kishining jasadi topildi
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 2019 yil 5 yanvar kuni “Baxmalsoy” MFY hududidagi fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida joylashgan “Guliston Dav Suv Maxsus pudrat” DUKga tegishli ishchi xodimlarni dam olish uchun mo‘ljallangan temir vagonida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida vagonining yog‘och qoplamasi yonib zarar ko‘rgan hamda Guliston tumanida yashagan, yuqoridagi unitar korxonaning ishchisi bo‘lgan M.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:19 / 10.09.2024
Toshkent viloyatidagi bo‘yoq zavodida yuz bergan yong‘in qariyb 4,5 soatda to‘liq o‘chirildi
09:56 / 15.04.2024
Prezident sirdaryolik bog‘bonga Tracker avtomashinasini sovg‘a qildi
20:47 / 14.03.2024
Maqsadimiz xalqning daromadini oshirish, boy qilish - Shavkat Mirziyoyev
08:50 / 01.11.2023