O‘zbekiston | 19:59 / 07.01.2019
11486
2 daqiqa o‘qiladi

Ahmad Bashar Shen: «O‘zbekiston mening qalbim bilan ketmoqda»

6 yanvar kuni «O‘zbekiston-Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi» tomonidan Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Bashar Shenni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Ikki davlat prezidentlari tomonidan O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarida yangi sahifa ochilgan, aloqalarimiz yaxshilangan bir davrda O‘zbekistondek davlatda elchilik qilish sharafiga muyassar bo‘lganimdan mamnunman. O‘zbekistonda Turkiyani buyuk davlat, Turkiyada O‘zbekistonni ota yurt sifatida bilishadi va bundan faxrlanaman. Men diplomatman, bu davlatdagi vakolatim tugadi. Ammo qayerga ishga jo‘natishlaridan qat'i nazar O‘zbekiston mening qalbimda ketadi», dedi so‘zga chiqqan elchi yig‘ilganlarga qarata.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Ahmad Bashar Shen faoliyatini ijobiy baholab, elchiga esdalik sovg‘alarini topshirishdi. 

Bir muddat muqaddam Ahmad Bashar Shen Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida ikki davlat investitsiyaviy salohiyatini, shu jumladan O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini yuqori baholagandi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid