Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik harbiylar dronlarga qarshi antiqa qurolni sinovdan o‘tkazishdi (video)
Amerikalik harbiylar kichik fuqarolik dronlariga qarshi kurashga mo‘ljallangan noodatiy qurolni sinovdan o‘tkazishdi. Unga “pnevmobazuka” deb nom ham berilgan, chunki undan otish uchun ballondagi siqilgan havo qo‘llanadi.
Gap 10 kilogramm keluvchi SkyWall100 zambaragi haqida ketmoqda. Uni NATO’ning NNTEX-18C mashg‘ulotlarida ko‘rish mumkin bo‘lgan. Kvantiko negizidagi zambarakdan amerikalik dengiz askarlari foydalangan.
Zambarakni ishlab chiqqan OpenWorks Engineering kompaniyasida ta'kidlanishicha, qurol 100 metrgacha balandlikdagi dronlarni ushlay oladi.
Zambarakning tungi ko‘rish moslamasi bilan jihozlangan nishonga olgichi snaryad uchishi trayektoriyasini hisoblab chiqa oladi va uni kerakli nuqtada dronga qarshi ishlashga dasturlay oladi. “Pnevmobazuka”da turli o‘q-dorilarni qo‘llash mumkin: to‘r va parashyutli snaryadlar, o‘quv snaryadlari, mo‘ljalga elektromagnit impuls bilan ta'sir ko‘rsata oladigan snaryadlar.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi
14:51 / 07.05.2025