O‘zbekiston | 18:30 / 07.01.2019
15619
2 daqiqa o‘qiladi

Hokimlarning o‘rinbosarlari Toshkentda yig‘ildi. Poytaxtda bir haftalik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

7 yanvar kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 dekabrdagi 03/1-3184-sonli topshirig‘iga asosan 2019 yil 7-15 yanvar kunlari Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

O‘quv mashg‘ulotlari Toshkent davlat agrar universiteti rektori akademik Botirjon Sulaymonov tomonidan ochilib, tinglovchilarga «Hududda tegishli sohalarni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» loyihasini ishlab chiqish va uni himoya qilish»ga oid talablarni shuningdek, agrar sohasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator takliflarini berdi.

Shu bilan bir qatorda, tadbirda Toshkent viloyati qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Rustam Xolmatov, Jizzax viloyati qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Maxmud Xolbo‘tayev, Sirdaryo viloyati qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Komiljon Sobirov so‘zga chiqishdi. 

7-15 yanvar kunlari mobaynida dasturda o‘quv mashg‘ulotlari 4ta hudud bo‘yicha tashkil etilishi belgilangan:
1-hudud: Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari - Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialida;
2-hudud: Toshkent Jizzax va Sirdaryo viloyatlari - Toshkent davlat agrar universitetida:
3-hudud: Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari - Samarqand veterinariya meditsinasi institutida;
4-hudud: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari - Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialida.

O‘quv mashg‘ulotlarida tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari bo‘lgan 159 kishi ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

Mavzuga oid