Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya Osiyo Kubogini qiyin g‘alaba bilan boshladi
Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi o‘yinlari davom etmoqda.
S guruhida Janubiy Koreya va Filippin terma jamoalari bellashdi. O‘yin koreyaliklarning tashabbusi ostida o‘tgan bo‘lsa-da, ularning juda qiyin g‘alabasi bilan tugadi. 67-daqiqada Ui-Jo tomonidan urilgan yagona gol bahs taqdirini hal qildi.
Avvalroq, guruhning yana bir o‘yinida Xitoy qiyinchilik bilan Qirg‘izistonni mag‘lub etgan edi.
Endilikda guruhda Xitoy birinchi, Janubiy Koreya ikkinchi o‘rinda joylashgan.
Osiyo Kubogi
S guruhi, 1-tur
7 yanvar
Janubiy Koreya – Filippin 1:0
Gol: Ui-Jo (67)
Janubiy Koreya – Kim Sin Gyu, Kim Yen Gvon, Li Yen, Kim Chjin Su, Kim Min Chje, Ku Chja Chxol (Li Chxon Yen, 64), Li Chje Son (Chju Se Chjon, 86), Chjon U Yen, Ki Son Yen (Xvan In Bom, 58), Xvan I Chjo, Xvan Xi Chxan.
Filippin – Falkesgor, Alvaro Silva, Sato, Palla, Vudlend, Ingreso (Remzi, 75), Shtrauss (Yangxazbend, 89), Rayxelt, Ott (Rid, 78), Shrek, Patino.
Ogohlantirishlar: Li Yen (25), Chjon U Yen (52), Rayxelt (60), Kim Chjin Su (77), Shrek (88).
Xitoy – Qirg‘iziston 2:1
Gollar: Matyash (50 avtogol), Yu Dabao (76) – Isroilov (42)

Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
17:25 / 07.05.2025