Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi
2019 yil 2 yanvar kuni Janubiy Koreyaning Yongnam shahrida O‘zbekiston fuqarosi Sharofiddin Choriyev (1995 yilda tug‘ilgan) zavodda ishlayotgan chog‘ida bosh miya jarohatidan vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi ma'lumotiga asoslangan holda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
TIV xabarida aytilishicha, Sharofiddin Choriyev Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi migratsiya masalalari bo‘yicha agentligi orqali Koreya Respublikasiga ketgan va kemasozlik bilan shug‘ullanuvchi DHMC zavodiga ishga joylashgandi.
Mahalliy politsiya ma'lumotiga ko‘ra, qurilayotgan kema korpusining orqa qismiga payvandlangan 200 kilogramlik metall to‘sin tushib ketgan va ishchining boshiga urilgan.
«Ayni vaqtda sud-tibbiy ekspertizasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston elchixonasi marhumning jasadini vataniga jo‘natish uchun o‘lim haqidagi guvohnomani rasmiylashtirishda ko‘maklashdi», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
18:02 / 20.05.2025
Toshkentda kanalga tushib ketgan qizni qutqargan erkak halok bo‘ldi
17:25 / 07.05.2025