Jahon | 19:46 / 07.01.2019
7917
3 daqiqa o‘qiladi

“Oltin globus” sovrindorlari e'lon qilindi  

Los-Anjyelesda 6 yanvarda Gollivudda akrreditatsiyadan o‘tgan xorijiy jurnalistlar uyushmasining har yilgi an'anaviy “Oltin globus” mukofoti taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

“Bogem rapsodiyasi” filmi “Eng yaxshi drama” yo‘nalishida “Oltin globus” bilan taqdirlandi. Rejissyor Brayan Singerning biografik filmi Queen britan guruhiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda rok-guruhning muvaffaqiyatga erishishda bosgan yo‘li, uning tarqalib ketishi va Live Aid konserti arafasida birlashishi haqida so‘zlangan.

Guruh yetakchisi Freddi Merkyuri rolini o‘ynagan Rami Malek esa “eng yaxshi dramatik aktyor” yo‘nalishida mukofotlandi.

Film 2018 yilning 28 oktyabrida dunyo prokatiga chiqqan. Xorijiy kinotanqidchilar Malekning ijrosidan zavqlanib, uning “Oskar” mukofotini olishi mumkinligini aytishmoqda.  

“Eng yaxshi dramatik aktrisa” yo‘nalishida “Rafiqa” filmidagi roli uchun Glenn Klouz mukofotlandi.

“O‘rgimchak-odam: Koinotlararo” filmi “eng yaxshi animatsion film” yo‘nalishida “Oltin globus” oldi.

KGBning AQShdagi agentlari haqidagi “Amerikaliklar” seriali “eng yaxshi dramatik serial” yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.

Kristian Beyl “Hokimiyat” filmidagi roli uchun “komediya/myuzikldagi eng yaxshi aktyor” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotlandi. 

“Komediya/myuzikldagi eng yaxshi aktrisa” yo‘nalishida esa “Mahbuba” filmidagi qirolicha Yelizaveta II roli uchun Oliviya Kolman “Oltin globus” bilan mukofotlandi.

Meksikalik rejissyor Alfonso Kuaronning “Rim” filmi “xorijiy tildagi eng yaxshi film” yo‘nalishida mukofotni qo‘lga kiritdi. Kuaronning o‘zi esa “eng yaxshi rejissyor” deb topildi.

Mavzuga oid