Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  
Tungi ko‘rinish
 
2023 yilgi «Oltin globus» g‘oliblari e’lon qilindi
Stiven Spilbergning «Fabelmanlar» filmi eng yaxshi deb topildi.
                                    Foto: Reuters
Hollivud xorijiy matbuot assotsiatsiyasi kinematografiya sohasidagi nufuzli mukofotlardan biri - «Oltin globus»ni topshirish marosimini o‘tkazdi.
Eng yaxshi dramatik film nominatsiyasida Stiven Spilbergning «Fabelmanlar» filmi g‘olib deb topildi. U «Top Gan: Meverik», «Elvis», «Tar», «Avatar: Suv yo‘li» filmlaridan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Eng yaxshi kinofilm (komediya yoki musiqiy film) nominatsiyasida «Inisherina Banshisi» filmi birinchi bo‘ldi. U «Bobil», «Hamma joyda va bir vaqtning o‘zida», «Pichoqlarni oling: shisha piyoz», «G‘am uchburchagi» filmlarini ortda qoldirdi.
Shuningdek, quyidagi asosiy nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi:
- Eng yaxshi rejissyor - Stiven Spilberg («Fabelmanlar»);
 - Chet tilidagi eng yaxshi film - «Argentina 1985»
 - Eng yaxshi ssenariy - «Inisherina Banshisi» (Martin Makdona);
 - Eng yaxshi aktyor (drama) – Ostin Batler («Elvis»);
 - Eng yaxshi aktrisa (drama) – Keyt Blanshett («Tar»);
 - Eng yaxshi aktyor (musiqiy yoki komediya) - Kolin Farrel («Inisherina Banshisi»);
 - Eng yaxshi aktrisa (musiqiy yoki komediya) – Mishel Yyeo («Hamma joyda va bir vaqtning o‘zida»);
 - Eng yaxshi animatsion film - «Pinokkio» (Gilyyermo del Toro);
 - Eng yaxshi dramatik serial - «Ajdaho uyi» (HBO);
 - Eng yaxshi teleserial (musiqiy yoki komediya): «Abbott boshlang‘ich maktabi».
 
«Inisherina Banshisi» eng ko‘p – 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘alaba qozondi.
Mavzuga oid
23:36 / 10.04.2025
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
12:30 / 26.10.2024
Kinematografiya milliy komissiyasining vazifalari belgilandi
15:29 / 07.06.2024
Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligi rahbari etib tayinlandi
23:54 / 25.04.2024