Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudyalik lavozimlariga tayinlash tartibi o‘zgaradi
2020 yil 1 sentyabrdan boshlab sudyalik lavozimlariga faqat sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslar tayinlanadi. Bu O‘zbekiston prezidentining “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilgan.
Hujjatga ko‘ra, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida o‘qish dasturini bajarmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan tinglovchilar o‘qish davrida olingan stipendiya summasini Davlat budjetiga to‘liq miqdorda qoplab beradi.
Sudyalarni dastlabki muddatga tayinlashning amaldagi tartibi 2019/2020 o‘quv yili tugagunga qadar saqlab qolinadi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025