O‘zbekiston | 22:32 / 11.01.2019
27111
1 daqiqa o‘qiladi

Sohib Saifnazarov vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Foto: UzDaily.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Sohib Ismoilovich Saifnazarov Iqtisodiyot vazirligi o‘rnida qayta tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Sohib Saifnazarov 2017 yilning avgust oyidan shu kungacha Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. U muqaddam «Angren» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Bundan oldinroq, Ravshan G‘ulomov Iqtisodiyot va sanoat vaziri  Botir Xo‘jayevga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid