Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 4 kun davomida vatanparvarlik festivali o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoyishiga muvofiq Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimizda davom etayotgan “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlari doirasida poytaxt Toshkent shahri markazida joylashgan “Xalqlar do‘stligi” san'at saroyi yonidagi maydonda harbiy vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tadi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan festivallar 11, 12, 13 va 14 yanvar kunlari soat 14.00 dan 18.00 ga qadar o‘tkaziladi.
Tadbirlarda taniqli estrada xonandalari va harbiy san'atkorlar tomonidan konsert dasturlari, harbiy texnika va qurol aslaha namunalarining namoyishi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari taqdim etiladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025