O‘zbekiston | 14:31 / 12.01.2019
49120
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatida yana bir tuman hokimi o‘zgardi

Xalq deputatlari Payariq tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi.

Bildirilishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.

Abdumo‘min Sunnatovich Jo‘rayev o‘z arizasiga binoan Payariq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. Shu paytgacha Toyloq tumani hokimi birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Dilshod Sultonovich Musinov Payariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Ma'lumot uchun: senator Abdumo‘min Jo‘rayev 2013 yildan beri Payariq tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Past Darg‘om tumani hokimi ham o‘zgargandi.

Mavzuga oid