O‘zbekiston | 11:13 / 12.08.2021
16535
1 daqiqa o‘qiladi

Payariq tumani hokimi ishdan olingani aytilmoqda

Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi Dilshod Musinov ishdan olingan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Dilshod Hamidov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, 11 avgust kuni Musinov tuman hokimligi xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazgan va ishdan ketayotganini bildirgan. Ammo hokim nega ishdan olinayotganiga izoh berilmagan.

12 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida xalq deputatlari Payariq tuman kengashi sessiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilishi mumkin.

Kun.uz’ning boshqa manbasiga ko‘ra, yaqinda prezident administratsiyasi xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. Shuningdek, nafaqat hokim, balki tumanning qolgan uch rahbari ham ishdan olingan bo‘lishi mumkinligi aytilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Dilshod Musinov 2019 yildan beri Payariq tumanini boshqarib kelayotgandi.

Mavzuga oid