Iqtisodiyot | 12:00 / 14.01.2019
30115
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishi davom etmoqda

O‘zbekiston Markaziy banki 15 yanvar kuni uchun xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 19,11 so‘mga oshgan va 1 dollar 8356,18 so‘mni tashkil etgan.

1 yevro kursi 83,61 so‘mga ko‘tarilgan, 1 yevro 9582,03 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 Rossiya rubli 1,61 so‘mga ko‘tarildi va 124,97 so‘mga yetdi.

Mavzuga oid